TADBIRKORLIK:
G'OYADAN BIZNES MODELGACHA

Ushbu kurs jamoaga mijozlarni aniqlash, olingan bilimni jamiyatga foyda keltiradigan mahsulotlar va jarayonlarga muvaffaqiyatli tatbiq qilish bo‘yicha real hayotiy, amaliy tajriba taqdim etadi. Tinglovchilar mijozlar, hamkorlar va raqobatchilar bilan muloqot olib borib, ulardan innovatsiyalarni tijoratlashtirish va startap yaratishdagi tartibsizlik va noaniqliklar bilan qanday kurashishni o‘rganishadi.

Jamoalar binodan tashqarida mijozlar bilan suhbatlashish, gipotezalarini ishlab chiqish va ularni tasdiqlashga katta vaqt sarflashadi. Dars jarayonida jamoalar avvalgi olingan bilimlarini emas, balki kurs davomidagi mijozlar bilan suhbatlar davomida olgan asosiy bilimlarini taqdim etadilar. Kurs tajribaga asoslangan o‘qitish metodlari va mijozlar haqidagi ma’lumotlarga tayangan holda qurilgan bo‘lsa-da, trener tomonidan zarur ko‘rsatma va qo‘llab-quvvatlash taqdim etiladi. Bu tegishli amaliy vositalarni o‘rgatishni o‘z ichiga oladi; ularning yordamida tinglovchilar o‘rgangan materialni amaliy mashqlar orqali qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Kurs mijozlarni aniqlashning zamonaviy metodologiyasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Bu potentsial mijozlar va manfaatdor tomonlar bilan intervyu o‘tkazish orqali ularning bozordagi va jamiyatdagi muammolarini va og‘riqli nuqtalarini tushunishga yordam beradi. Ushbu intervyu va tajribalar orqali olingan tushunchalar biznes modelining asosiy komponentlarini tasdiqlaydi yoki rad etadi, va ko‘pincha o‘zgarishlarga olib keladi. Shu sababli, talabalardan universitet mashg’ulotlariga qo’shimcha ravishda darsdan tashqari vaqt ajratishlari talab etiladi.

DASTUR MA'LUMOTLARI:

 

       Boshlanishi: 8-sentabr (dushanba,      chorshanba, juma)
     12 ta dars


     18:30 - 20:30 

    O'zbek tilida (ingliz tilidagi atamalar bilan)

    3 000 000 UZS

KURSGA RO'YXATDAN O'TISH:

DASTUR TUZILMASI

  • Dars ishtirokchilari bilan tanishuv
  • O‘qitish falsafasi bilan tanishuv
  • Dars maqsadlari va kutilyotgan natijalar
  • G‘oya yaratish
  • Mijoz qadriyati tahlili va mijoz qadriyati egri chizig‘i
  • Biznes model dizayni
Image

Tugatganlik sertifikati 

Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster Universiteti tomonidan berilgan sertifikat bilan karyerangizni rivojlantiring.

O‘QISH NATIJALARI

Kurs yakuniga kelib, siz:

  • Yangi biznes boshlash uchun zarur bilim va ruhga ega bo‘lasiz

  • G‘oyalarni yaratish va baholash ko‘nikmalarini egallaysiz

  • Rejalashtirish jarayonining ahamiyatini tushunasiz va yangi loyiha uchun samarali gipoteza yaratish, yozish va taqdim etishni o‘rganasiz

  • G‘oyadan biznes model yaratishgacha bo‘lgan tadbirkorlik jarayonini tushunasiz

  • Bozor muhitidagi yuqori noaniqliklarga moslasha oladigan tadbirkorlik fikrlash tarzini rivojlantirasiz

  • Tadbirkorlik va yangi loyiha yaratish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirasiz

  • Yangi biznes imkoniyatlarini baholashni o‘rganasiz

KURS MAQSADI

Ishtirokchilarni yangi loyiha yaratishdagi zamonaviy yondashuvlar bilan tanishtirish. Kurs biznes g’oya, bozor imkoniyati va loyiha rivojlanishining uzluksiz jarayoni o‘rtasidagi bog‘liqlikka e’tibor qaratadi. Texnologik g‘oya yoki ijtimoiy innovatsiyaga asoslangan (ammo ular bilan cheklanmagan) biznes yoki loyiha imkoniyatlarini baholash, ishlab chiqish yoki yaratmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan.

KURS DARAJASI VA SOHASI

  • Darajasi: Startap ishqibozlari, talabalar, bitiruvchilar, shuningdek, ish tajribasiga ega bo‘lgan va tadbirkorlik imkoniyatlarini o‘rganmoqchi bo‘lgan ishbilarmonlar uchun mo’ljallangan

  • Soha: Har qanday

KIM UCHUN?

  • Yangi biznes boshlashni istagan yosh tadbirkorlar
  • Biznes dasturlarining talaba va bitiruvchilari
  • Texnologiyaga qiziqqanlar, muhandislar va barcha yo‘nalishlardagi muhandislik talabalari, IT mutaxassislari va texnologiyani tijoratlashtirishga qiziqqan IT talabalar
  • Startap asoschilari va kelajakda startap ochmoqchi bo‘lganlar

DASTUR TRENERI

Muhammadfoik Bahadirov — Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster Universiteti Biznes va Iqtisodiyot maktabining dotsenti. U MDH davlatlarida 15 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis. Magistratura va bakalavriat darajalarida Biznes va Menejment yo‘nalishlarida bir nechta dasturlarning rahbari bo‘lgan va Tadbirkorlik, Startaplar hamda Kichik va O‘rta Biznes (KOB) rivojlanishi bilan bog‘liq loyihalarni boshqargan. U Maastricht Menejment Maktabida (Maastricht University) DBA darajasini, Westminster Universitetida magistratura, Qohira Universitetida esa bakalavriat darajasini olgan. Uning ilmiy ishlari va tadqiqot sohalari kichik va o‘rta bizneslar, tadbirkorlik, boshqaruv, tashkilot ichidagi xulq-atvor va inson resurslari boshqaruvi kabi mavzularni qamrab oladi.

Image

MA'LUMOTI

2019 – 2022 - DBA, Maastricht School of Management, Maastricht University

2018 – 2019 - MPhil, Maastricht School of Management, Maastricht University

2013 – 2014 - PG Cert in Teaching and Learning, University of Westminster (WIUT)

2009 – 2011 - MA in International Business, University of Westminster (WIUT)

2003 – 2007 - BSc in Economics, Cairo University