MOLIYAVIY TAHLIL
Uorren Baffet - shubhasiz dunyodagi eng zo‘r investor! Endi siz ham aksiyalarni baholash va moliyaviy hisobotlarni tushunish bo‘yicha uning strategiyalarini amalda qo‘llashingiz mumkin!
Aqlli sarmoyadorlar o‘z portfellarini turli aksiyalar bilan diversifikatsiya qilib, moliyaviy xavfsizlikni ta’minlaydilar. O‘zbekiston aholisi daromadlari oshib borayotgan bir paytda, yuqori daromadli investitsiya imkoniyatlarini qidirayotganlar uchun aksiyalar eng yaxshi variantlardan biridir. Ammo aksiyalarni qanday baholash va to‘g‘ri tanlashni o‘rganish kerak.
Bizning Moliyaviy Tahlil kursimizda siz haqiqiy kompaniyalarning moliyaviy hisobotlarini o‘qish va ularni Uorren Baffet uslubi bilan tahlil qilishni o‘rganasiz. Dunyo miqyosidagi kompaniyalardan misollar bilan ishlash orqali bilimlaringizni yanada mustahkamlay olasiz.
Moliyaviy savodxonlikni oshirish va aksiyalarga ongli ravishda sarmoya qilishni biz bilan o‘rganing.

KURS HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT
Start: 7 Iyul
5 kun
18:00-21:00
O'zbek tili
1,900,000 so'm
KURSGA RO'YXATDAN O'TISH:
KURS DASTURI
Bu darsda, biz Uorrenni dunyodagi eng boy odamga aylantirgan ikkita katta kashfiyotni, uning ajoyib kompaniyalarni qanday topishini va davomiylikning boylikka erishishdagi ahamiyatini o‘rganamiz. Moliyaviy hisobotlarni tahlil qilishda u yashirin boylikni qayerda izlashini ham bilib olamiz.

Kursni yakunlash to’g’risidagi sertifikat
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti sertifikati bilan kasbingizda eng yuqori pog’onalarga ko'tariling!
KURS MAQSADI
Ushbu kurs sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
Uorren Baffet falsafasi va uzoq muddatli sarmoya strategiyalarini chuqur o‘rganish;
Moliyaviy hisobotlar va buxgalteriya balansini tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
Risklarni kamaytirish hamda samarali moliyaviy qarorlar qabul qilishni o‘rganish.
KURS EKSPERTI
Temur Makhkamov, Ph.D. Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU)da moliya, iqtisodiyot va korporativ boshqaruv bo’yicha katta o‘qituvchi. Temur Makhkamovning ilmiy-tadqiqot, maslahat va ta’lim sohasidagi keng qamrovli tajribasi O‘zbekistonda moliyaviy savodxonlik va korporativ boshqaruv standartlarini rivojlantirishga bo‘lgan sodiqligi bilan to‘ldiriladi. U bir nechta iqtisodiy tashkilotlarda faol kengash a’zosi va maslahatchi bo‘lib, milliy moliya va investitsiya bo‘yicha seminarlar hamda talabalar o‘rtasida tanlovlarni tashkil etgan. O‘zbekiston iqtisodiy kengashi huzuridagi Ilmiy kengash a’zosi.

MA'LUMOTI
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D.) darajasi – Korporativ boshqaruv sohasida, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU)
ISH FAOLIYATI
Birlashgan Millatlar Tashkilotining (ESCAP) AKT va rivojlanish maslahatchisi.
Amerika Kengashlari tashkilotida iqtisodiy va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha maslahatchi.
2024-yildan beri Iqtisodiy Fond Tashabbusi (EFI) Kengashining maslahatchisi.