BLOOMBERG TERMINAL ASOSLARI

Bloombergga Kirish kursi moliya, bank yoki boshqa tegishli sohalarda ishlaydigan va Bloomberg terminalining asosiy tushunchalari bilan tanishishni xohlaydigan mutaxassislar uchun maxsus ishlab chiqilgan.

Bu kurs Bloombergning kuchli vositalaridan amaliy foydalanishni o’rgatib, moliyaviy tahlil va qaror qabul qilish uchun zarur bo’lgan asosiy yo’nalishlarni o’z ichiga oladi. To’rt mavzuga asoslangan holda ishtirokchilar Bloomberg Terminalining imkoniyatlarini makroiqtisodiy tahlil va moliya bozorlaridagi tushunchalarni o’rganish uchun qanday ishlatishni o’rganadilar va yanada rivojlangan funksiyalarga tayyorgarlik ko’radilar.

Ushbu kurs orqali ishtirokchilar Bloomberg Terminalining asosiy funksiyalaridan foydalanish bo’yicha muhim ko’nikmalarni egallaydilar va o’z ishlariga ma’lumotlarga asoslangan tahlillarni qo’shish hamda moliyaviy qarorlarni samarali qabul qilish uchun tayyor bo’ladilar.

Image

KURS HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT

 

      Tez kunda e’lon qilinadi

     18:30 - 20:30

    O'zbek tili

    1,300,000 so'm

KURSGA RO'YXATDAN O'TISH:

KURS DASTURI

Ushbu modul ishtirokchilarni Bloomberg Terminalining interfeysi, asosiy navigatsiyasi va zaruriy funksiyalari bilan tanishtiradi. Ishtirokchilar muhim ma’lumotlarga qanday kirishni, ekranlarni moslashtirishni va ma’lumotlarni samarali izlashni o’rganadilar. Bu asosiy bosqich Bloomberg Terminalidan moliyaviy tadqiqot va qaror qabul qilish jarayonlarini soddalashtirishda qanday foydalanishni tushunishga yordam beradi.

Maqsadlari:

  • Bloombergning tarixi bilan tanishish
  • Terminal funksiyalari va tezkor tugmalar bilan tanishish
  • Bloomberg interfeysida navigatsiya qilishni tushunish
  • Shaxsiy foydalanish uchun foydali sozlamalarni aniqlash
Image

Kursni yakunlash to’g’risidagi sertifikat 

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti sertifikati bilan kasbingizda eng yuqori pog’onalarga ko'tariling!

KURS EKSPERTI

Shukrullo Abdurahmonov Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida moliya boʻyicha mutaxassis va laboratoriya koordinatori boʻlib, u yerda amaliy moliya laboratoriyasini boshqaradi va talabalarga turli dasturlar va amaliy tajribalar orqali Bloomberg Terminal kabi texnologiyalarni oʻzlashtirishda yordam beradi. Ushbu rolda Shukrullo, 2 yildan beri talabalarning Bloomberg Global Trading Challenge kabi xalqaro musobaqalardagi ishtirokini koordinatsiya qilib kelmoqda. Shukrullo GBoost bosh direktori va Reskills Global kompaniyasining mamlakat menejeri sifatidagi oldingi rollaridan texnologiya va marketing sohasida mustahkam poydevorga ega. Shuningdek u hozirgi paytda DC Consult xususiy moliyaviy konsalting firmasida mustaqil konsultant sifatida ham faoliyat ko'rsatadi. Shunday qilib, Shukrullo o'zining tadbirkorlik ruhini moliyaviy ta'limga bo'lgan ishtiyoq bilan uyg'unlashtirib, amaliy moliya laboratoriyasining muvaffaqqiyatli faoliyat yuritishini ta'minlab kelmoqda.

TA’LIM DARAJASI

2020 – 2024 Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti. Birinchi darajali imtiyozlarga ega bo'lgan moliya fanlari bakalavri

2019 – 2020 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU). Elektron tijorat yo’nalishi

Image

2020 – 2024 Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti. Birinchi darajali imtiyozlarga ega bo'lgan moliya fanlari bakalavri

Image

2019 – 2020 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU). Elektron tijorat yo’nalishi

КОНТАКТЫ:

Адрес: Ташкент, Истикбол 12

Номер телефона:
+99871 2387477

Email: cple@wiut.uz