
WIUT for KIDS bolalar va o‘smirlar uchun Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetining go‘zal Kampusida, shaharning qoq markazida ingliz tili va matematikani o‘rganib, kompyuter kurslarida qatnashib va sport hamda boshqa qiziqarli tadbirlarda ishtirok etib ikki hafta vaqtni maroqli o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyatdir.
WIUT for KIDS dasturi innovatsion dastur boʻlib, u TXVUning o’qituvchilar jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan. Dastur TXVUning 3 va 4-bosqichlarida ta’lim olayotgan iqtodorli talabalari tomomnidan taqdim etiladi. Mazkur tashabbus yordamida TXVU o’z talabalariga yozgi ta’til davrida tajriba orttirish imkoniyatini yaratib bermoqda.
WIUT for KIDS dasturida 2022-2023 yillarda 5-9-sinflarda o‘qiydigan o‘quvchilar qatnasha oladilar.
WIUT for KIDS dasturi ikki muddatda o‘tkaziladi:
- 13 iyun – 24 iyun
- 27 iyun – 8 iyul
Dastur ishtirokchilari faqat aloqa vositalari orqali tasdiqnoma olgandan keyingina qabul qilingan hisoblanadi.
Ro‘yxatdan o‘tishingiz yakunlanishi uchun siz shartnoma bo‘yicha to‘liq to‘lovni amalga oshirishingiz kerak.



(71) 238 74 77 - (71) 238 74 00 (ichki 415)
cple@wiut.uz